"Andijon" "Lion" va "Reynjers" rekordini takrorlaydimi?

Aslanov Jasurbek
26 noya 2025
Biroz avval "Andijon" klubi OCHL-2 turniri guruh bosqichi 5-turi doirasida "Arkadag'" bilan murosa ko'chasini tanladi – 1:1.

Shu tariqa, "burgutlar" guruhdagi ketma-ket beshinchi uchrashuvda durang o'ynadi.

Klublar miqyosida xalqaro maydonlarda to'xtovsiz durang o'ynagan jamoa AEK klubi hisoblanadi – gretsiyaliklar Yevropa Chempionlar ligasida 2002 va 2003 yilgi mavsumlarda ketma-ket 7 uchrashuvda na g'alaba qozongan, na mag'lubiyatga uchragan. 

Shuningdek, "Lion" (2018–2019 yillar) va "Glazgo Reynjers" (2005–2006 yillar) 6 bellashuvda do'stlik ustun kelishini taminlagan.

Eslatib o'tamiz, "Andijon" oxirgi turda Qatarning "Al Ahli" klubi mehmoni bo'ladi.

Avvalroq vodiyliklar "Arsenal" va "Tottenxem"ning natijalarini takrorlagani haqida xabar berilgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia