

Bu haqda "Mirror Football" ma'lumot berdi.
Manbaning xabar berishicha, "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorim polshalik hujumchiga qiziqib qolgan. Portugaliyalik murabbiy Levandovskining kelishi jamoaga ijobiy ta’sir ko'rsatishiga va boshqa futbolchilarning rivojlanishiga yordam berishiga ishonadi. Biroq Retkliff endi faoliyati oxirlab borayotgan futbolchilar bilan shartnoma imzolamoqchi emas.

Levandovski ushbu mavsum barcha musobaqalarda 9 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi.



