Retkliff Fergyuson bilan maslahatlashgan holda ishlaydi

Mirjalol Normatov
17 noya 2023
Ser Aleks Fergyuson "Manchester Yunayted"ning yangi acioneri bo'layotgan Jim Retkliffning maslahatchisi bo'ladi.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, Retkliff 1,25 mlrd funt evaziga "Manchester Yunayted"ning 25 foiz akciyasini sotib oladi. U rasmiy ravishda ishlarni bitirganidan keyin mankunianliklarning afsonaviy bosh murabbiyining maslahatlarini eshitadi.

Bu orqali "Kristal Pelas"ning sport direktori Dug Fridmanning MYUda ish boshlashi imkoniyatlarini oshiradi. O'z navbatida Retkliffning boshqa variantlari ham bor va ayni damdagi direktor Jon Mertoning o'rni ham "mustahkam" emas.

Ayni damda "Tottenxem"ning rekruting bo'yicha sobiq rahbari Pol Mitchell, "Atalanta"da kadrlar bo'limi boshlig'i Li Kongerton, "Milan"ning sobiq direktorlari Paolo Maldini hamda Frederik Massara va "Atletiko" sport direktori Andrea Bertuning nomlari ham "Manchester Yunayted" bilan bog'lanmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph