Reshford "Xetafe"ga qarshi bahs kuni Flik tomonidan jazolangan ekan

Aslanov Jasurbek
22 sen 2025, 23:22
Markus Reshford kechikkani uchun jazolandi.

Hujumchi La Liganing 5-turida "Xetafe"ga qarshi o'yinda (3:0) "Barselona"ning asosiy tarkibiga kirmadi. Xabarlarga ko'ra, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Reshfordni ertalabki jamoa yig'ilishiga biroz kech kelgani uchun zaxirada qoldirgan.

ESPN ma'lumotlariga ko'ra, ingliz futbolchisi atigi ikki daqiqa kechikkan – o'yinchilar soat 9:30 da yig'ilishda bo'lishi kerak edi, Reshford esa 9:32 da yetib kelgan.

Ushbu o'yinda 27 yoshli futbolchi tanaffusdan keyin zaxiradan maydonga tushdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN