Reshford: "Mavsumni sovrinsiz yakunlashni xohlamayman"

Tolibjon Qosimov
19 may 2018, 12:22
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford "Chelsi"ga qarshi Angliya kubogi finalidan oldin fikrlarini bildirdi.

"Mavsumni sovrin bilan yakunlash har doim yoqimli va bu narsa keyingi mavsumga jangovar tayyorgarlikni oshiradi. Hamisha aytganman, mavsumni sovrinsiz tugatishni hech kim xohlamaydi. Men har yili nimadir yutishga harakat qilaman. Ishonaman, biz joriy mavsumni kubok bilan yakunlaymiz", - dedi Reshford.

"Chelsi" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi bahs bugun 21:15da start oladi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com