Rebrov Lobanovskiy rekordini takrorladi

Narzulla Saydullayev
16 avg 2015
Kievning "Dinamo" klubi Sergey Rebrov qo'l ostida Valeriy Lobanovskiy o'rnatgan rekordni takrorladi.

"Dinamo"ning ichki chempionatdagi mag'lubiyatsiz seriyasi 33ta o'yinga etdi (27 g'alaba , 6 durang. So'nggi bor "Dinamo" Ukraina chempionatida 2014 yilning 27 aprelida Doneckning "Metallurg" klubiga yutqazib qo'ygandi (1:2).

Kecha "Dinamo" 5-turda "Karpati" ustidan 3:0 hisobida zafar quchdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net