Rebich diskvalifikaciya qilindi, Donnarumma esa jarimaga tortildi

Eldor Akmurzayev
16 mar 2021, 19:20
A Seriya 27-turidan o'rin olgan “Milan” – “Napoli” (0:1) bahsining qo'shib berilgan daqiqalarida “rossonerilar” forvardi Ante Rebich qizil kartochka olgandi.

U o'yin bosh hakami Fabricio Paskuani haqorat qilgan uchun 2 o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Shuningdek, Janluiji Donnarumma raqib jamoaning zaxira a'zolarini haqoratlagani va tahdid qilgani uchun 10 ming evro jarimaga tortilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport