"Real"ning "Olimpiakos" bilan o'yin uchun qaydnomasi: Kurtua yo'q

Sherzod Nurmatov
25 noya 2025
Madridliklar matbuot xizmati YCHL navbatdagi uchrashuvi uchun tarkibri e'lon qildi.

Qaydnomaga oshqozoni yallig'langan darvozabon Tibo Kurtua kiritilmagan.

Darvozabonlar: Andrey Lunin, Fran Gonsales, Xavi Navarro

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Raul Asensio, Alvaro Karreras, Fran Garsiya, Ferlan Mendi

Yarim himoyachilar: Jud Bellingem, Eduardo Kamavinga, Federiko Valverde, Orelen Chuameni, Arda Gyuler, Dani Sebalos

Hujumchilar: Vinisius Junior, Endrik, Kilian Mbappe, Rodrigo, Gonsalo Garsiya, Braim Dias

Eslatib o'tamiz, "Olimpiakos" – "Real" bellashuvi ertaga 1:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com