"Real"da Trentning himoyadagi o'yinini ustida ishlashmoqda va uni asosiy burchak to'pi ijrochisi qilishni rejalashtirishyapti

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2025
"Real" Trent Aleksander-Arnoldni burchak to'plarining asosiy ijrochisi qilishni rejalashtirmoqda.

As ma'lumotlariga ko'ra, Madrid klubining murabbiylar shtabi ingliz o'yinchisini avvaldan burchak to'plarining asosiy ijrochilaridan biri sifatida ko'rgan.

"Real"ning klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga uchishidan oldin Trent mashg'ulotda himoyadagi o'yin va standart vaziyatlarni mashq qildi. Xabarlarga ko'ra, himoyachi klub murabbiylari va sheriklarida ijobiy taassurot qoldirgan.

Trent klublar o'rtasidagi jahon chempionatida "Real"ning asosiy o'ng qanot himoyachisi bo'ladi. Madrid klubi mundialdagi ilk o'yinini 18 iyun kuni "Al Hilol"ga qarshi o'tkazadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As