"Real"da jismoniy tayyorgarlik tizimini o'zgartirishmoqchi. Pintusning usullari zich taqvimga mos emas deb hisoblandi va u Alonso shtabiga kirmaydi (Marca)

Aslanov Jasurbek
14 may 2025
"Real Madrid"da o'yinchilarning jismoniy tayyorgarligi tizimini o'zgartirish zarur deb hisoblashmoqda.

Marca xabariga ko'ra, Karlo Anchelotti murabbiylar shtabining bazi a'zolari klubga mashg'ulot jarayonini modernizaciya qilish kerakligini aytishmoqda, chunki jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Antonio Pintusning uslubi joriy zich taqvimga mos kelmaydi deb hisoblashyapti.

Mavsum davomida murabbiylar shtabi jamoa natijalari pasayishi va jarohatlarning ko'pligi sabablarini tahlil qilish uchun muntazam ravishda yig'ilishlar o'tkazib keldi.  

Xabarlarga ko'ra, Xabi Alonso "Real"ga kelganidan so'ng o'yinchilarning jismoniy tayyorgarligiga uning shtabiga kiruvchi Alberto Ensinas mas'ul bo'ladi. Uning kuchli tomoni - yosh futbolchilar bilan ishlashda namoyon bo'ladi.  

Shu bilan birga, Pintus Anchelotti ketganidan keyin klubda qoladi – uning kelajagi keyinroq aniqlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca