"Real" "yangi Krishtianu Ronaldu"ga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
24 apr 2025
"Portu" 17 yoshli yarim himoyachi Rodrigu Mora bilan uzoq muddatli shartnoma imzolab, uning uchun 70 mln evro tovon puli belgiladi.

"Portu" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Mora to'qqiz yoshidan beri klub tizimida o'ynab kelmoqda. U joriy mavsum 25 o'yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi. Portugaliya klubi rahbariyati uning jahon yulduzi bo'lish salohiyatiga ishonch bildirmoqda va 2030 yilgacha tuzilgan shartnoma klubning niyati jiddiy ekanligini tasdiqlaydi.

Yosh futbolchiga Madridning "Real"i e'tibor qaratgan. Agent Jorje Mendesh "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peresga Morani kuzatib borishni maslahat berdi. Ispaniyada uni allaqachon "yangi Krishtianu Ronaldu" deya atashmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano