Real – Xetafe. Beyl sonidagi muammo tufayli maydonga tushmadi

Narzulla Saydullayev
23 sen 2013, 08:41
Real klubi yarim himoyachisi Garet Beyl Xetafega qarshi o'yin (4:1) qaydnomasidan extiyotkorlik tufayli olib tashlanganini ma'lum qildi.
24 yoshli futbolchi sonida muammolar sezdi, shu bois klub shifokorlari uni maydonga tushirmaslikka qaror qilishdi.

Beylda mashg'ulot vaqtiza kichik muammo paydo bo'ldi. Bu jarohat emas. Shunchaki u o'zini yaxshi his qilmadi. Garet juda ham maydonga tushishni istagandi.

Beyl chorshanba kuni maydonga tushadimi yoki yo'q bilmayman. Menimcha shanba kuni o'yinga to'la tayyor bo'ladi.

Futbolchi mavsumoldi tayyorgarliklarni jarohat tufayli o'tkazib yuborgani uchun hali jismoniy holati yuqori emas, – deydi Karlo Anchelotti. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru