"Real" xavbeki safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
17 yanv 2025
"Real" xavbeki Eduardo Kamavinga bir necha haftaga safdan chiqdi.

Futbolchi Ispaniya Kubogi doirasida "Selta"ga qarshi o'yinda jarohat olgan.

"Marca" xabariga ko'ra, futbolchi o'yin davomida bir necha marta o'zini noqulay his qilgan. Shu sababli u bahsni jarohat bilan yakunlagan.

Keyinchalik klubning tibbiy shtabi Kamavinganing chap oyog'i mushaklarida jarohat borligini aniqlagan. Manbaning yozishicha, futbolchi shu sababli 3 hafta o'yinlarda qatnasha olmaydi. U 9 fevral kungi "Atletiko"ga qarshi o'yingacha safga qaytishi kutilmoqda.

Ushbu mavsumda Kamavinga Ispaniya chempionatining 8 o'yinida qatnashdi va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca