"Real" xavbeki Reynier jamoa bilan AQSHdagi turnega bormadi. Braziliyalikka "Valyadolid" qiziqmoqda

Alisher
18 iyul 2022
"Real" yarim himoyachisi Reynier jamoa bilan AQSHdagi mavsumoldi turnega yo'l olmadi.

20 yoshli braziliyalik Madriddagi klub bazasida o'z formasini yig'ib olish uchun qoldi. Futbolchiga "Valyadolid" qiziqmoqda va uni ijaraga olmoqchi.

"Real" Reynier bilan 2020 yilning yanvarida shartnoma imzolagan edi. Braziliyalik 2020 yilning avgustidan beri Dortmundning "Borussiya" jamoasida ijarada o'ynadi.

Futbolchi o'tgan mavsum nemis jamoasi tarkibida 20ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca