"Real" Vinisiusni taxminan bir oyga yo'qotdi

Omonjon To`xtamirzayev
28 avg 2023, 12:14
"Real" vingeri Vinisius Junior La Liga doirasidagi "Selta"ga qarshi bahsda jarohat olgandi.

Braziliyalik o'ng oyoq tizzaosti mushaklarini shikastlab olgani ma'lum bo'ldi.

Jarohat kutilganidan jiddiyroq bo'lib chiqdi va Vinisius taxminan 4-5 hafta maydonga tusha olmaydi. Bu orada u chempionatning "Xetafe", "Real Sosedad"ga qarshi o'yinlar va Braziliya termasi uchrashuvlarini o'tkazib yuboradi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: AS