

"qaymoqranglilar" uni Vinisius Juniorga munosib o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Bu haqda Defensa Central xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli futbolchining transferi taxminan 100 million evro atrofida bo'lishi mumkin, lekin yakuniy summa undan past bo'lishi ham ehtimol. Martinelli "Arsenal"da etti yil o'tganidan so'ng klubni tark etishni istisno qilmayapti.
Joriy mavsumda "Arsenal" hujumchisi barcha turnirlarda 25 ta o'yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 45 million evroni tashkil etadi.



