"Real" vingeri safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
6 fev 2026
"Real" vingeri Rodrigo tendinoz sababli 10 kunga safdan chiqdi.

Ushbu jarohat sababli braziliyalik futbolchi "Valensiya" va "Real Sosedad"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

Madrid klubi futbolchisining o'ng oyog'idagi unchalik jiddiy bo'lmagan jarohatni tasdiqladi.

Rodrigo ushbu mavsumda Laliganing 18 o'yinida 1 gol va 3 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: realmadrid.com