"Real" va "Borussiya" Reynerning ikki yillik ijarasi bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
18 avg 2020
"Real" yarim himoyachisi Reyner yaqin mavsumlarni Bundesligada o'tkazadi.

Madridliklar 18 yoshli braziliyalik futbolchini ikki yilga Dortmundning "Borussiya" jamoasiga ijaraga berishadi.

Bitim tez orada e'lon qilinadi.

Reyner joriy mavsum "Kastilya" ("Real"ning ikkinchi jamoasi) tarkibida 3ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi. O'yinchi "Flamengo"dan 30 million evro evaziga xarid qilingan edi.


AlisherMuallif
Manba: globoesporte.globo.com