"Real" va "Barselona"ning Ispaniya Kubogi 1/16 bosqichidagi raqiblari ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
16 okt 2015
Bugun Ispaniya Kubogining 1/16 bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

16 juftlikning ichida oliy divizionning barcha jamoalari bor.

Ispaniya Kubogi sohibi, mamlakat chempioni "Barselona" turnirning 1/16 bosqichida "Vilyanovense"ga , "Real" esa "Kadis" bilan o'ynaydi.

Ispaniya Kubogi 1/16 bosqichining barcha juftliklari bilan tanishing:

Kadis - Real Madrid

Vilyanovense - Barselona

Barakaldo - Valensiya

Reus - Atletiko

Logrones - Sevilya

Balompedika Linense - Atletik B

Ueska - Vilyarreal

Almeriya - Selta

Leganes - Granada

Lyagostera - Deportivo

Mirandes - Malaga

Ponferradina - Eybar

Betis - Sporting Xixon

Levante - Espanol

Las-Palmas - Real Sosedad

Rayo Valekano - Xetafe.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca