"Real" Trentdan so'ng keyingi yil "Liverpul"ning yana bir asosiy himoyachisini tekinga olmoqchi

Khoja
7 may 2025
"Real Madrid" 2026 yilning yozida yana bir himoyachini tekinga qo'lga kiritmoqchi.

"Qirollik klubi" 2026 yilning yozida "Liverpul" bilan shartnomasi yakunlanadigan Ibraima Konateni qo'lga kiritishni reja qilgan.

Avvalroq, yozda "Liverpul"ning boshqa bir himoyachi Trent Aleksander-Arnold erkin agent sifatida "Real"ga o'tishi haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, Konate 2021 yildan beri "qizillar" safida harakat qilib kelmoqda. Himoyachi joriy mavsum 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 tadan gol va golli uzatma bor. Transfermarkt nashri himoyachini 60 million evroga baholagan.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru