"Real" - "Tottenxem" uchrashuvi paytida Beyl golf o'ynadi. Zidan bu haqida fikr bildirdi

Aslanov Jasurbek
1 avg 2019, 11:27
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "qaymoqranglilar" hamda "Tottenxem" o'rtasidagi Audi Cup uchrashuvi vaqtida golf o'ynagan Garet Beyl haqida fikr bildirdi.

30 yoshli futbolchi 30 iyul kuni Boadilya del Monte shahriga yo'l olib, o'sha yerda golf o'ynadi.

"Men bu yerda o'z futbolchilarim bilanman. Men u haqida hisobot bermoqchi emasman va biror narsani taqiqlash niyatim yo'q. Bu uning shaxsiy hayoti, biror narsa deya olmayman. U yaxshi shug'ullandi. Ko'ramiz, Madridga qaytganimda nima bo'lar ekan" - deydi Zidan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: DailyMail