"Real" tarbiyalanuvchisi: "Madridda bizga xuddi futbol fabrikasi mahsulotidek munosabatda bo'lishgan"

Aslanov Jasurbek
20 okt 2018
"Real" tarbiyalanuvchisi, ayni damda Meksikaning "Krus Asul" sharafini himoya qilayotgan Edgar Mendes Madrid klubi tizimidagi yosh futbolchilarga bo'lgan munosabat haqida aytib berdi.

"Real"da bizga xuddi futbol fabrikasi mahsulotidek munosabatda bo'lishgan. Meksikada esa bunday emas. Bu erda klub futbolchilarga mehribon.

Meksikada baxtliman. Ushbu mamlakat menga ko'p narsa berdi. Bu erda faoliyatimdagi eng yaxshi damlarni o'tkazdim. O'zimni meksikalikdek his qilyapman, chunki maydonda ularning biridek kurashyapman" - deydi 28 yoshli Mendes.

Mendes 2009 yil "Real" tizimidan ketganidan so'ng, Ispaniyaning quyi divizionlarida to'p tepdi. 2017 yilda yarim himoyachi "Krus Asul" futbolchisiga aylandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal