"Real" tarbiyalanuvchisi endi asosiy jamoa bilan shug'ullanadi va 9-raqamni oladi

Aslanov Jasurbek
6 avg 2025
Gonsalo Garsiya "Real"ning asosiy jamoasiga o'tkazildi.

"Qirollik klubi"ning 21 yoshli tarbiyalanuvchisi madridliklarning 25 o'yinchidan iborat ro'yxatiga kiritildi va yaqinda yangi bitim imzolaydi.

Ispaniyalik hujumchining amaldagi shartnomasi 2027 yil iyunigacha mo'ljallangan.

Marca xabariga ko'ra, klublar o'rtasidagi jahon chempionatigacha Gonsaloni "Xetafe" sotib olishga uringan.

Avvalroq hujumchi "Real"da Kilian Mbappe bo'shatgan 9-raqamni olishi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca