"Real" tajribali futbolchisini sotishi mumkin

Sherzod Nurmatov
8 noya 2024
"Real" boshlang'ich tarkibdagi o'rnini yo'qotgan Lukas Vaskes bilan xayrlashadi.

"Milan"ga qarshi ishonchsiz o'yindan so'ng shartnomasi 2025 yilning iyunida tugaydigan 33 yoshli futbolchining klubdagi kelajagi so'roq ostida qoldi, deb xabar berdi "Fichajes".



Klub uning poziciyasiga boshqa o'yinchilar, xususan Trent Aleksander-Arnoldni sotib olishni ko'rib chiqmoqda. 

Vaskes allaqachon boshqa klublardan takliflar olmoqda, bu esa tarkibni yangilashni rejalashtirayotgan "Real"ga foydali bo'lishi mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes