"Real" sotilgan abonementlar bo'yicha yetakchi, "Barselona" esa...

Omonjon To`xtamirzayev
12 sen 2024, 11:15
La Liga joriy mavsumida abonementlar sotuvi bo'yicha ma'lumotlar ochiqlandi.

Bu borada Madridning "Real" klubi yetakchi (60 707), 2-o'rinda poytaxtning boshqa bir klubi "Atletiko" (60 285) bo'lsa, kuchli uchlikni "Betis" (50 741) yakunlab bermoqda.

4-o'rin "Atletik" klubiga (43 649) nasib qildi, "Sevilya" 39500 abonement bilan beshinchi va undan keyingi o'rinni "Real Sosedad" (38000) egalladi.

E'tiborli tomoni, "Barselona" bu borada bor yo'g'i 15-pog'onani egalladi (22600). Buning asosiy sabablaridan biri "Kamp Nou" rekonstrukciya qilinmoqda va jamoa hozircha o'yinlarini Olimpiya stadionida o'tkazishga majbur.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport.es