"Real" sobiq skauti Endrikning 17 yoshligiga shubha qilmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
13 sen 2023
"Real Madrid" klubi sobiq skauti Manolo Romero "Palmeyras" hujumchisi Endrik 17 yoshdaligiga shubha qilmoqda.

"Qaymoqranglilar" futbolchini 2022 yil 72 million evroga qo'lga kiritgan. Ammo yosh cheklovlari tufayli Endrik Madridga faqat 2024 yilning yozida kelib qo'shiladi.

Men boshidan Endrikning yoshiga shubha bilan qaraganman, uning asl yoshi ko'rsatilganiga, to'g'risi, ishonmadim.

Bunday munosabatda bo'lishimga asosiy sabab, jismonan u o'ta baquvvat. Men undan kattaroq yoshda Yevropaga kelgan Radamel Falkaoni yaxshi eslayman.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca