"Real" saylov o'tkazishga tayyorlanmoqda

Mirjalol Normatov
3 yanv 2025
"Real" klub prezidentini saylash uchun tayyorgarlikni boshladi.

"Klubimiz prezidenti Florentino Peres 2025 yilning 7 yanvar kunida klub direktorlarini yig'ilishga chorlaydi va keyingi to'rt yillik uchun klub prezidenti va direktorlar kengashini saylash jarayonini boshlaydi", - deb yoziladi klub rasmiy bayonotida.

Peres 2009 yildan buyon "Real" prezidenti hisoblanadi. O'shanda u klub prezidentligi uchun yagona nomzod bo'lgandi. 2013, 2017 va 2021 yillarda ham unda raqobatchi bo'lmagandi.

O'tgan safargi saylov 1-13 aprel kunlari o'tkazilgan va 13 kun davom etgandi.

Klub prezidenti bo'lish uchun talablar:

- Ispaniyalik bo'lish;

- Eng kamida voyaga etgan bo'lishi va boshqarish xususiyatiga ega bo'lishi;

- Soliqlar va badal pullari haqida to'laqonli ma'lumotga ega bo'lishi;

- "Real"ning kamida 20 yillik muxlisi bo'lishi;

- Rahbarlik lavozimlarida hech qanday cheklovlar olmagan bo'lishi;

- Futboldan tashqari boshqa joyda ishlamasligi;

- Shaxsiy aktivlari hisobiga 15 foiz mablag'ini klub byudjetiga bog'laganligi to'g'risida bank kafolati.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: realmadrid.com