"Real" Salaxning transferi uchun 150 million evro to'lashga tayyor

Mersisaydning "Liverpul" klubi Muhammad Salaxni yozgi transfer vaqtida sotmasligi haqida ma'lum qilgandi.

Madridning "Real" klubi futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olish borasida umidini uzmayapti. "Qirollik klubi" Salaxni sotib olish uchun katta mablag' sarflashga tayyor turibdi. Bu haqda Diario Gol nashri xabar bermoqda.

Manbaning takidlashicha, "Real" Muhammad Salaxning transferi uchun 150 million evro to'lashga tayyor. "Qaymoqranglilar" bunga qo'shib Lukas Vaskesni "Liverpul"ga bermoqchi.


Manba: footballhd.ru