"Real" qiziqayotgan futbolchi YCHL saralash bosqichida o'ynaydi

"Ayaks" yarim himoyachisi Donni van de Bek Chempionlar ligasining 3-saralash raundida Gretsiyaning PAOK klubiga qarshi o'ynaydi.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag ma'lum qildi. 

"U biz bilan PAOK jamoasiga qarshi o'ynash uchun keldi. Kelasi hafta o'tkaziladigan o'yinda Donni ham ishtirok etadi", - deydi ten Xag.


Avvalroq, "Real" van de Bek bilan shaxsiy kelishuvga erishgani va "Ayaks" rahbariyatini ko'ndirsa bitim imzolanishi mumkinligi borasida xabar bergandik. 


Manba: goal.com