

"Real Madrid" yanvar oyida yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti. The Athletic nashrining xabariga ko'ra, madridliklar rahbariyati qishki transferlar borasidagi o'z poziciyasini o'zgartirmagan. Klub mutasaddilarining fikricha, jamoaning hozirgi tarkibi mavsum yakuniga qadar La Liga, Ispaniya Kubogi va Chempionlar Ligasida g'oliblik uchun kurashishga qodir.
Qayd etilishicha, "Real" qishda transfer amalga oshirishdan cho'chimoqda. Bunga sabab - yanvar oyida bozorda yaxshi variantlar kamligi va mavjud nomzodlarning narxi haddan tashqari baland bo'lishidir.
Eslatib o'tamiz, ayni damda madridliklar La Ligada 19 turdan so'ng 45 ochko bilan 2-o'rinda borishmoqda va peshqadam "Barselona"dan 4 ochkoga ortda qolishyapti.



