"Real" Portugaliya va "Benfika" himoyachisini sotib olishga yaqin

Madridning "Real" klubi "Benfika" bilan Ruben Diash borasida muzokara o'tkazdi.

22 yoshli futbolchining narxi 60  million evro deya baholanayotgan bo'lsa-da, klublar o'rtasidagi yaqinlik portugallar tomonidan imtiyoz (skidka) e'lon qilinishi va Diashning narxi pasayishi bilan yakunlanishi mumkin.

Diash ortda qolgan mavsumda "Benfika" bilan 32 o'yinda qatnashdi va 3 ta gol, 1 assist qayd etdi. Bundan tashqari Yevropa ligasida 6 o'yinda ishtirok etgan markaziy himoyachi 1 tadan gol va assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.


Manba: sport.es