"Real" Portugaliya terma jamoasi futbolchisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
29 yanv 2026
"Real" maydon markazini kuchaytirish imkoniyatlarini o'rganmoqda.

COPE'ning xabar berishicha, yozda "Real" yarim himoyaga Ruben Neveshni olib kelishi mumkin.

Midridliklar Nevesh uchun transfer puli to'lamaydi. Portugaliyalik futbolchining "Al Hilol" bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Mart oyida 29 yoshga to'ladigan Ruben Madridga erkin agent sifatida ko'chib o'tishi mumkin.

Avvalroq Yevropa maydonlarida Ruben Nevesh "Portu" va "Vulverxempton" jamoalari sharafini himoya qilgan. U Portugaliya milliy terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi. Terma jamoa safida Ruben 63 o'yinda qatnashib, 1 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: COPE