"Real" Nacho bilan shartnomani 2024 yilga qadar uzaytirishga yaqin

Alisher
10 may 2022
"Real" himoyachisi Xose Ignasio Nacho tez orada Madrid klubi bilan shartnomasini uzaytiradi.

32 yoshli futbolchi "Real" bilan 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan yangi shartnomaga imzo chekadi.

Ammo, bu borada qachon rasmiy ma'lumot berilishi ma'lum emas.

Amaldagi shartnoma 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Nacho 21 yildan beri "Real" tizimida. U joriy mavsum La Liga doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca