"Real" MYU futbolchisiga davogar

Sherzod Nurmatov
30 yanv 2026
Madridning "Real" jamoasi "Manchester Yunayted" o'ng qanot himoyachisi Diogu Dalotga qiziqmoqda.

Taniqli insayder Ekrem Konur ma'lumotiga ko'ra, 26 yoshli portugaliyalik himoyachi "qaymoqranglilar"ning himoya chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.

Xabar qilinishicha, Trent Aleksander-Arnoldning tez-tez jarohat olishi va beqaror o'yini, shuningdek, boshqa himoyachilarning ham muntazam jarohatlari "galaktikos" rahbariyatini transfer bozoriga chiqib, yangi kuch qidirishga majbur qilgan.

26 yoshli Dalot "Real" uchun qanot himoyachisi poziciyasida muammoni hal qila oladigan sifatli va ishonchli variant sifatida baholanmoqda. "Qaymoqranglilar"dan tashqari portugaliyalik himoyachiga "Bavariya" ham qiziqish bildirmoqda, chunki nemis grandi himoya chizig'ida jarohatlar muammosiga duch kelmoqda.

Futbolchining o'ziga kelsak, u hozircha nomdor klublar tomonidan bildirilayotgan qiziqishga qaramay, "Manchester Yunayted"ni tark etish istagida emas.

Portugaliyalik futbolchi joriy mavsum "qizil iblislar" safida 23 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/Ekremkonur