"Real" marokashlik futbolchisi bilan 2030 yilgacha bo'lgan bitim imzolaydi

Aslanov Jasurbek
31 dek 2026
Braim Dias "Real" bilan yangi bitimni joriy mavsum yakuniga qadar imzolaydi.

Cadena SER jurnalisti Anton Meananing ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar 26 yoshli yarim himoyachining shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishdilar.

Yangi shartnomada maoshning biroz oshirilishi va qo'shimcha bonuslar ko'zda tutilgan. Qayd etilishicha, muzokaralar chog'ida jiddiy kelishmovchiliklar bo'lmagan, shu bilan birga Braim ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi taxmin qilinmoqda.

Shartnoma uzaytirilishi haqida rasman mavsum oxirigacha e'lon qilinadi.

Joriy mavsumda Dias La Ligada 12 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golli uzatma bilan ajralib turdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena SER