

Yozda o'tkaziladigan turnirda Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Fransiya va Portugaliyadan jami 17ta klub ishtirok etadi.
International Champions Cup-2018 ishtirokchilari: “Real”, “Tottenxem”, “Yuventus”, “Milan”, “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “Bavariya”, “Chelsi”, “PSJ”, “Arsenal”, “Sevilya”, “Roma”, “Inter”, “Borussiya” Dortmund, “Benfika” va “Atletiko”.
Ertaga, 17 aprel kuni musobaqa taqvimi e'lon qilinadi. Turnir uchrashuvlari Avstriya, Italiya, Singapur, Shvetsiya, Shveytsariya va AQSHda o'tkaziladi. O'tgan yili International Champions Cup turnirida “Barselona” jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritgandi.




