“Real Madrid”ning yana bir futbolchisi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin

Khoja
15 iyun 2023
“Real Madrid” hujumchisi Mariano Dias faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

 Unga Saudiyaning “Al-Shabab” va “Al-Fatex” klublari qiziqish bildirmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, jamoalar futbolchiga yiliga 7 million evro to'lashga tayyor. 

Avvalroq, Madrid jamoasi Dias bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgandi. U “Real Madrid” safida yiliga 4,5million evro maosh olardi.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru