"Real Madrid"ga yangi bosh murabbiy kerak: "Qirollik klubi" xorijlik mutaxassis qidirmoqda

Aslanov Jasurbek
22 apr 2026, 01:08
Madridning "Real" klubida murabbiylar masalasi yana kun tartibiga chiqdi.

Alvaro Arbeloa joriy mavsum yakunlanganidan so'ng o'z lavozimini tark etishi deyarli aniq bo'lib ulgurdi. Bu haqda "Cadena SER" radiosi xabar bermoqda.

Manbaning takidlashicha, jamoa futbolchilari avvalgi murabbiy Xabi Alonsoning uslubidan charchashgan bo'lsa, Arbeloaning faoliyatida esa "Real" darajasini ko'rishmayapti. Echinish xonasidagi yulduzlar Alvaroni hech qachon top-darajadagi murabbiy sifatida qabul qilishmagan.

Klub rahbariyati jamoadagi yetakchilarning kyetishini omadsizliklarning asosiy sabablaridan biri deb hisoblamoqda. Shu boisdan, "Madrid" endilikda futbolchilarda hayrat uyg'ota oladigan va tarkibdagi "g'o'rlik" muammosini hal qila oladigan yangi murabbiy qidirmoqda.

Ayni damda "Real" faqat xorijlik mutaxassislar nomzodini ko'rib chiqmoqda. Manbalarning tasdiqlashicha, klub Ispaniya bozorida o'ziga kerakli kalibrdagi mutaxassisni topa olmagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena SER