

Manbaga ko'ra, “Real Madrid” hozirda faol ravishda markaziy hujumchi izlamoqda. Mbappe PSJ bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayotgani haqidagi xabardan so'ng klub Fransiyalik futbolchi uchun kurashga qo'shilishi mumkin.
“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres har doim Mbappe bilan qiziqib kelgan va uni 2024 yilda sotib olishni reja qilgandi. Biroq kechagi voqealardan so'ng transfer ushbu yozda amalga oshirishi mumkin. Madridliklar Mbappeni yozda olib kelishga tayyor.
Shuningdek, Peres Mbappe bilan bir necha haftadan beri aloqada bo'lgani haqida xabarlar tarqaldi. “Real Madrid” Fransiyalik hujumchi atrofida yangi jamoa qurishni rejalashtirmoqda.



