

Qirollik klubi rahbariyati ispaniyalik himoyachi jamoani kuchaytirishga ishonishmoqda. Shuningdek, 30 yoshli futbolchining o'zi ham Saudiya Arabistonini tark etishga qarshi emas.
Laport joriy mavsum 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi. Uning Al Nassr bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi. Futbolchining transfer narxi 20 million evroga baholanmoqda.



