

Real Madrid Fransiyalik himoyachiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Milan jamoasi o'z navbatida futbolchi bilan yangi shartnoma tuzish niyatida, biroq agar tomonlar kelisha olmasa, italiyaliklar himoyachini Real Madridga 100 million evroga sotishga tayyor.
Ma'lumot uchun, Ernandes aynan Real Madriddan 2019 yilda Milanga ko'chib o'tgandi. O'shanda milanliklar futbolchi uchun 23 million evro to'lashgan. 26 yoshli himoyachining amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan.



