"Real Madrid" Sebastian Xenessga qiziqish bildirmoqda: Nemis mutaxassisi "Qirollik klubi" short-listida

Aslanov Jasurbek
22 apr 2026, 13:27
Madridning "Real" klubi kelgusi mavsum uchun yangi bosh murabbiy izlash ishlarini jadallashtirdi.

Taniqli insayder Kristian Falkning xabar berishicha, "Shtutgart" bosh murabbiyi Sebastian Xeness madridliklarning nomzodlar ro'yxatiga kiritilgan.

Ma'lum qilinishicha, "Real" rahbariyati Xeness boshchiligidagi "Shtutgart"ning dominant o'yin uslubidan hayratda qolgan. Ayniqsa, jamoa tarkibida yulduz futbolchilar bo'lmasa-da, nemis klubining ko'rsatayotgan mazmunli o'yini Florentino Peres va uning maslahatchilarida katta taassurot qoldirgan.

Ayni damda "Shtutgart" Bundesligada 30-turdan so'ng 56 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda va Chempionlar Ligasi yo'llanmasi uchun asosiy da'vogarlardan biri bo'lib turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/cfbayern