"Real Madrid" "Real Sosedad"ni mag'lub etdi va La Liga yetakchisiga aylanib oldi

Omonjon To`xtamirzayev
22 iyun 2020
Ispaniya chempionati 30-tur doirasida "Real Sosedad" o'z maydonida "Real Madrid"ni qabul qildi.

Ispaniya chempionati 30-tur doirasida "Real Sosedad" o'z maydonida "Real Marid"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi (1:2) va amalda kuchli to'rtlikdan umidini uzdi.

Zinedin Zidan shogirdlari "Barselona"ga ochkolar bo'yicha yetib olishdi. Har ikki klub hisobida 65 tadan ochko mavjud, lekin o'zaro o'yinlar natijasiga (0:0, 2:0) ko'ra, "Real" raqibidan yuqoriroqda turadi.



"Real Sosedad" – "Real Madrid" 1:2 (0:0, 1:2)
21 iyunya, 23.00, Anoeta
Gollar: 0:1 – 50, penalti Ramos, 0:2 – 70 Benzema, 1:2 – 83 Merino.

"Real Sosedad" – Remiro, Lorente, Monreal, Gorosabel (Elustondo, 60), Le Norman, Merino, Subeldiya (Subimendi, 80), Oyarsabal (Yanuzay, 60), Edegor (Lopes, 79), Portu, Isak (Villian Joze, 79).

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Ramos (Militao, 60), Marselo (Mendi, 89), Varan, Kroos, Valverde (Modrich, 89), Xames (Asensio, 78), Kazemiro, Vinisius Junior, Benzema (Mariano Dias, 78).


Ogohlantirish: Subeldiya (16), Kazemiro (21), Gorosabel (28), Lorente (48), Modrich (90), Merino (90).


Ispaniya chempionati turnir jadvali


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia