"Real Madrid" MYU futbolchisini sotib olishi mumkin

Khoja
14 okt 2024
"Real Madrid" Trent Aleksander-Arnold bilan shartnoma imzolay olmasa, zaxira rejasini ishlab chiqdi.

Angliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolanmagan taqdirda Madrid klubi "Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalot bilan shartnoma tuzishga urinib ko'radi. "Qirollik klubi" 25 yoshli futbolchi uchun 35 million evro to'lashi lozim bo'ladi. 

Ma'lumot uchun, Dalotning MYU bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com