Real Madrid MYU ancha vaqtdan beri qiziqayotgan futbolchi bilan shartnoma tuzmoqchi

Khoja
25 dek 2024
Real Madrid markaziy yarim himoyani kuchaytirish uchun yozda katta transfer amalga oshirishga tayyor.

Qirollik klubi MYUning asosiy transfer maqsadlaridan biri Atalanta futbolchisi Ederson bilan shartnoma tuzishni reja qilgan. Italiya klubi 25 yoshli yarim himoyachini 60 million evroga sotishga tayyor.

Ma'lumot uchun, Ederson joriy mavsum 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va yana 1 ta golga assist qildi. Uning Atalanta bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com