"Real Madrid" futbolchisi "Real Sosedad"ga qarshi uchrashuvda jiddiy jarohat oldi

Khoja
16 sen 2024
"Real Madrid"ning jarohatlangan futbolchilarining soni yana bittaga ko'paydi.

"Real Sosedad"ga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Braim Dias bahsning 25-daqiqasida jarohat sababli zaxiraga olindi. Tekshiruvlardan so'ng futbolchining oyog'i jiddiy jarohatlangani aniqlandi. Uning jarohatdan davolanishi uchun kamida uch oy vaqt ketishi ma'lum qilindi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com