"Real Madrid" yetakchisi qachon safga qaytishi ma'lum

Khoja
28 fev 2024
"Real Madrid" yetakchisi Jud Bellingemning qachon safga qaytishi ma'lum qilindi.

 Britaniyalik futbolchi ECHLning nimchorak finalidan o'rin olgan Leyptsigga qarshi uchrashuvga qadar safga qaytadi. Uchrashuv 6 mart kuni bo'lib o'tadi. 20 yoshli futbolchi La Liganing navbatdagi turidan o'rin olgan Valenciyaga qarshi uchrashuvni katta ehtimol bilan boshlang'ich tarkibda boshlamaydi.

Bellingem joriy mavsum "Real" tarkibida 29ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 8ta assist qayd etdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com