“Real Madrid“ yetakchisi operaciya qilinadi va kelasi mavsumning boshini o'tkazib yuboradi

Khoja
21 may 2025, 08:36
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem ikki yil avval elkasidan olgan jarohat sababli operasiya qilinadi, deya xabar beradi The Atletic.

Manbaga ko'ra, Bellingem klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan so'ng operaciya qilinadi va 2025/26 yilgi mavsum boshlanishini o'tkazib yuboradi. Futbolchining tiklanishi uchun taxminan 3 oy vaqt kerak bo'ladi.

Ma'lumot uchun, Bellingem 2023 yil noyabrida “Rayo Valekano”ga qarshi o'yinda elkasini chiqarib yuborgan va shundan beri vaqti-vaqti bilan himoya vositasidan foydalanadi.

21 yoshli Jud Bellingem joriy mavsumda “Real” safida 51 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


KhojaMuallif
Manba: The Atletic