“Real Madrid” Benzemani o'rniga Germaniyadan futbolchi olmoqchi

Alisher
12 iyun 2023, 08:35
“Bavariya” futbolchisi Sadio Mane yozda jamoani tark etishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Fichajes'ning so'zlariga ko'ra, Myunxen klubi hujumchini taxminan 25-30 million evroga qo'yib yuboradi. Benzema jamoani tark etganidan so'ng “Real Madrid” aynan senegallik futbolchini jamoaga olib kelmoqchi. Biroq madridliklarga bu oson bo'lmaydi. Sababi Sadioga Saudiyadan katta miqdorli shartnoma ham taklif qilinmoqda.


AlisherMuallif
Manba: championat.com