"Real" "Liverpul" va "Arsenal" qiziqayotgan yarim himoyachiga davogarlik qilmoqda

Alisher
13 noya 2020
"Zalcburg" va Vengriya terma jamoasi yarim himoyachisi Dominik Soboslai Yevropa grand klubi e'tiborini tortdi.

20 yoshli vengriyalik futbolchini Madridning "Real" klubi o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi. Ispan grandi rahbariyati o'yinchi uchun 25 million evro to'lashga tayyor.

Soboslaining Avstriya klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Dominik "Real" sotishni xohlayotgan Iskoning o'rnini egallashi mumkin. Soboslaiga oldinroq "Liverpul" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: AS